Davlat Shermatov

Davlat Shermatov

BREVANda ishlayman. Oʻsha hamma ishni bajaradigan Universal xodim boʻlaman.

Dasturchi boʻlib boshlaganman. Bugun Oʻzbekistondagi parfumeriya brendida boʻlajak bosh direktorman. Shourumlar, onlayn savdo, jamoa va ichki tizimlar - hammasiga aralashaman. Keyingi bosqich - CEO darajasida oʻsish va Brevanni jahon miqyosidagi sevimli brendga aylantirish.

Kod yozishdan biznes boshqaruvigacha

  1. 01 · 2021

    Dasturchilik

    PDP Academyʼda 11 oy oʻqidim. Keyin yarim yil davomida bilimimni mustahkamlab, Fastech kompaniyasida Software Developer boʻlib ishladim.

  2. 02 · Koreya

    Biznes taʼlimi

    Janubiy Koreyada 2 yil Business Administration yoʻnalishida tahsil oldim. Texnik fikrlashning ustiga biznes fikrlashi qoʻshildi.

  3. 03 · Bugun

    Brevan Parfums

    Kunlik operatsiyalar, 15+ kishilik jamoa qurish, yangi texnologiyalar olib kirish, call-markaz, CRM, MoySklad va boshqa avtomatlashtirish tizimlariga oʻz hissamni qoʻshib kelyapman.

  4. 04 · Keyingi

    CEO yoʻli

    Marketing va strategiyani chuqurroq oʻrganib, jamoa bilan ishlash va birga rivojlanishga eʼtibor qaratyapman. “Marketing Maksimum” kursi ham shu yoʻldagi qadamlardan biri.

Bugungi holat

  • 2

    shourum: Chilonzor va Oqqoʻrgʻon

  • 275+

    turdagi iforlar katalogimizda

  • 15+

    kishilik jamoa va call-markaz

  • 5+

    IT proyektlarida tajriba

Sizga nimada foydali boʻla olaman

  • Sotuv tizimini avtomatlashtirish

    amoCRM, MoySklad va telefoniyani bir tizimga bogʻlash, sotuv jarayonini avtomatlashtirish.

  • AIʼni amalda qoʻllash

    Hisobot va tahlil uchun, qoʻngʻiroqlarni tahlil qilish uchun platformalar yaratish.

  • Korporativ sovgʻalar

    Hamkorlar va xodimlar uchun premium parfyum sovgʻalari tayyorlab berish.

  • Xodimlar davomati

    Klokk: davomat va intizomni nazorat qilish tizimi. MVP bosqichida.

  • @davlat_shermatov Telegramda yozish

Kim bilan tanishmoqchiman

  • Kuchli marketolog, SMM va targetologlar
    Brevan bilan hamkorlik uchun

  • Rahbarlik tajribasiga ega insonlar
    suhbat va maslahat uchun

  • Korporativ sovgʻa kerak boʻlgan kompaniyalar

  • Texnologiya bilan biznesni bogʻlaydigan loyihalar

Qahva ustida tanishaylik

Yuqoridagilardan biri sizga tegishli boʻlsa - yozing. Odatda bir kun ichida javob beraman.